“Olimpik”ning ikki o‘yini sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xatiga binoan, 24-29-may kunlari Ukrainaning poytaxti Kiyev shahrida V. V. Lobanovskiy xotira turniri o‘tkaziladi. Shu sababli O‘zbekiston U23 jamoasining 20-30-may kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini hamda ushbu musobaqada ishtiroki rejalashtirilgan. O‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga “Olimpik” jamoasidan 11 nafar futbolchi va 4 nafar murabbiy jalb etilmoqda.

Shuni inobatga olgan holda, “Olimpik” klubi O‘zPFLga yuborgan xatiga asosan, jamoaning Pro liga doirasidagi ikki uchrashuvi sanalarini boshqa kunga ko‘chiriladi.

8-turdan o‘rin olgan “Xorazm” – “Olimpik” uchrashuvi 22-maydan 19-mayga hamda 9-tur doirasidagi “Olimpik” – “Dinamo” uchrashuvi 28-maydan 3-iyun sanasiga ko‘chirildi.

 

 

mib
cola
apex
bmb