Klublarning xavfsizlik bo‘yicha ofitserlari uchun seminar tashkil etildi

Futbol uchrashuvlari paytida ishtirokchilar, qolaversa stadionga tashrif buyuruvchi ishqibozlar xavfsizligini ta’minlash juda muhim jihatlardan biri sanaladi.

Bunda ayniqsa, klub tizimida faoliyat olib borayotgan Xavfsizlik bo‘yicha ofitserlar o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishlari zarur bo‘ladi.

Klublar xavfsizlik bo‘yicha ofitserlarining xizmat vazifalari, ularga qo‘yiladigan talablar, o‘yin oldidan va uchrashuv davomida stadion hududida xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya etilishini ta’minlash, ayniqsa pandemiya sharoitida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga bag‘ishlab bugun O‘zPFLda Superliga hamda Pro liga klublari xavfsizlik bo‘yicha ofitserlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda O‘FA, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Seminarda xavfsizlik bo‘yicha ofitserning xizmat vazifalari, ularning o‘yinni xavfsiz va barcha qonun-qoidalarga mos ravishda o‘tishidagi ahamiyati muhokama etildi. Har bir klub uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionda xavfsizlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim ekani, o‘yin davomida klub vakili aynan mana shu reja asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda ishlashiga kelishib olindi.

Qolaversa, pandemiya sharoitida stadionga tashrif buyuradigan barcha muxlis hamda ishtirokchilar karantin qoidalariga rioya etishi, ijtimoiy masofa saqlashi, shuningdek tibbiy niqobda bo‘lishlarini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlikda ish olib borishga kelishildi. Jarayon O‘FA tomonidan nazorat qilib boriladi. 

 

mib
cola
apex
bmb