Professional klublar musobaqasida 5 nafargacha futbolchini almashtirish mexanizmi ishga tushadi

Davom etayotgan O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasi guruh bosqichining 2-turidan e’tiboran ishtirokchi klublarga 5 nafargacha futbolchini almashtirish uchun ruxsat etiladi. Bunda klublar 5 nafar futbolchini uch imkoniyatda maydonga tushirishlari mumkin. Tanaffus vaqtida amalga oshirilgan o‘zgarish bundan mustasno. Mazkur qoida keyinroq Coca-Cola Superliga, Pro liga va ayollar chempionati uchrashuvlariga ham tadbiq etiladi.

Xabaringiz bor, Respublika Maxsus komissiyasi shu yilning 17-aprel kuni pandemiya sababli karantin talablarini kuchaytirdi. Shundan keyin O‘FA Trenerlar kengashi mazkur masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan bo‘lib, 5 nafar futbolchini almashtirish masalasini o‘rinli deb topgan. Endilikda O‘zPFL O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi talabnomasidan kelib chiqib, yuqoridagi o‘zgarish asosida musobaqalarni davom ettiradi.

mib
cola
apex
bmb