U-21 Birinchiligi. “Lokomotiv” ikkita golni penaltidan kiritdi, uchinchisini esa o‘ziga urdi

“Paxtakor” va AGMK jamoalarining OChLdagi ishtiroki munosabati bilan ularsiz belgilangan Yoshlar jamoalari o‘rtasida 6-tur  o‘yinlari nihoyasiga etdi. Bugunga rejalashti rilgan ikki uchrashuvning ikkalasida ham durang natija qayd etildi. Namanganda “Navbahor” “Turon”ni qabul qildi va birinchi bo‘limda har ikkala jamoa tomonidan kiritilgan bittadan  gol o‘yin taqdirini hal etdi.

Toshkent “derbisi” o‘ziga xos qiziqarli o‘tdi. “Temiryo‘lchilar” raqib darvozasiga kiritgan ikkala golni ham penaltidan bajarishdi. Bosh hakam o‘yinga qo‘shib bergan paytda    maydon egalari hisobda oldinda borishayotgandi, biroq uchrashuv tugashiga sanoqli soniyalar qolganida mezbonlar o‘yinchisi Javohir Jo‘raev kutilmaganda o‘z darvozasini nishonga olib, raqib jamoaga ochko taqdim  etishda “faol bo‘ldi”.

U-21.6-tur.

15 aprel, payshanba

NAVBAHOR – TURON – 1:1 (1:1)

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni.

Hakamlar: Xusan Muzaffarov, Islomjon Nosirov, Boburbek Ibrohimov

Nazoratchi:Valentin Kovalenko

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Xusain Ergashboev, 17 (1:0), Xojiakbar Nurmatov, 27 (1:1)

Ogohlantirishlar:  Asilbek Orifjonov, 31, Sherzod G‘ulomjonov, 40, Dostonbek Abdulxaev, 54, Mirzoxid Mirzamahmudov, 63, Sodiqjon Ortiqov, 75 – Dostonbek Meliqo‘ziev, 44, Sardorbek Xursandov, 59.


LOKOMOTIV – BUNYoDKOR – 2:2 (1:0)

Toshkent. TTYMI stadioni. 169 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gollar: Bobirjon Asqarov, 36-pen. (1:0), Ibrohim Ibrohimov, 59 (1:1), Ali Abdurahmonov, 71-pen. (2:1), Javohir Jo‘raev, 90+4-o‘z darv. (2:2)

Ogohlantirishlar: Azamat Abduxalilov, 34, Mexrojbek Abdusametov, 65 – Sergey Proxorov, 19, Mo‘minmirzo Qodirov, 36, Abdulaziz Abdusalomov, 43.

Chetlatish: Otabek Turobov, 80 (“Lokomotiv”).

mib
cola
apex
bmb