Coca-Cola Superliga o‘yinlaridan highlights tayyorlash huquqi Kun.uz nashri tomonidan ham xarid qilindi

Shu yilning 31-mart kuni O‘zPFL Coca-Cola Superliga uchrashuvlaridan highlights tayyorlash va ularni onlayn namoyish qilish huquqi bo‘yicha ilk kelishuvga erishgandi.

Bugun O‘zPFL xuddi shu yo‘nalishda Kun.uz hamda Tribuna.uz nashrlari bilan ham kelishuvga erishdi. Bunda kelishuv shu yilning yakuniga qadar amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati davomida mazkur nashrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan xodimlari Coca-Cola Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish jarayonida yana bir qator huquqlarga ega bo‘ladi. 

Eslatma. Coca-Cola Superliga uchrashuvlaridan 10 daqiqagacha bo‘lgan highlights’lar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt hamda messenjerlarga joylash huquqi bugungi kunga kelib Sport TV, Championat.asia, Kun.uz hamda Tribuna.uz nashrlaridagina bor. Boshqa platformalar bu huquqdan O‘zPFL roziligisiz foydalana olmaydi.

mib
cola
apex
bmb