Futzal: 15-turdan keyin “Paxtakor” AGMKni bir ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilyapti

Farg‘onaning “Futbol markazi” sport majmuasida deyarli bir hafta davom etgan mamlakat chempionatining 15-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. So‘nggi kungi bahslarda “Nasaf”, “Maksam-Chirchiq” va AGMk jamoalari raqiblarini mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi.

Shu tariqa, 15-turdan keyin “Paxtakor” jamoasi 110 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o‘rinda borayotgan AGMK jamoasi toshkentliklardan atigi bir ochko ortda qolmoqda. Uchinchi o‘rinni deyarli hal etgan “HUAXIN-Jizzax” jamoasida 92 ochko mavjud. Uni ta’qib qilib kelayotgan “Metallurg”da esa 69 ochko bor. Chempionat autsayderi “qo‘qon-1912” jamoasi 41 ta uchrashuvdan bor-yo‘g‘i 16 ochko jamg‘argan xolos.

15-tur

Oltinchi kun.

NAVBAHOR – NASAF – 2:6 (1:1)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Adxam Rixsiboev, Rustam Tog‘aev, Umid Po‘latov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar:  Ilyos Mallaev (2, 33) – Sanjar Elmamatov (4), Shohruh Ne’matov (23, 32), Abubakr Usmon (30), Oybek Polvonov (36, 39)

Ogohlantirishlar: Hakimxon Abdurashidov (25) – yo‘q.

Chetlatish: Hakimxon Abdurashidov (35).


MAKSAM-ChIRChIQ – QO‘QON-1912 – 8:3 (5:2)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Rustam Tog‘aev, Sanjar Raxmonov, Umid Po‘latov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: A’zam Saidaxmatov (6), Bekzod Jumaboev (8), Abdulla Miyassarov (10), Javlon Anorov (13), Elbek To‘lqinov (14), Timur To‘raqulov (22), Ravshan Abdujabborov (36), Rustam A’zamov (37) – Aziz Madaliev (3), Ismoiljon Tolipov (12), Po‘lat Qirg‘izov (27-pen.)

Ogohlantirishlar: A’zam Saidaxmatov (18), Rustam A’amov (27) – yo‘q.


AGMK – BUNYoDKOR – 4:2 (2:1)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Murodxon Azamjonov, Maxmudjon Rustamov, Sanjar Rahmonov

Gollar: Muzaffar Axadjonov (9), Davron Valijonov (11), Ilhomjon Hamroev (14-o‘z darv.), Husniddin Nishonov (36), Davron Choriev (40) – Shomaqsud Shobaxromov (40)

Ogohlantirishlar: Davron Choriev (36), Artur Yunusov (39) – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb