“Dinamo” – “Sho‘rtan” uchrashuvi keyinroq muddatga qoldirildi

Xabaringiz bor, joriy mavsum uchun qishki transfer davomida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi FIFA taqiqi sabab yangi futbolchilarnii ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Oqibatda klub mavsumni  15 nafar futbolchi bilan boshlashga majbur bo‘ldi. 

Pro liga 4-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Olimpik” uchrashuvida g‘uzorliklarning 2 nafar futbolchisi qizil kartochka oldi. Shuningdek, jamoada bir qator jarohatlangan futbolchilar mavjud. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL har ikki klub bilan o‘zaro kelishgan holda uchrashuvni keyinroq muddatga qoldirishga qaror qildi. Biz mazkur holatni to‘g‘ri tushungani uchun “Dinamo” klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. 

Ayni vaqtda “Sho‘rtan” rahbariyati Toshkentda bo‘lib turibdi. O‘FA hamda O‘zPFL bilan hamkorlikda Igor Kriushenko hamda Vitaliy Vorivonchikdan qolib kelayotgan bir necha yillik qarzdorlikni bartaraf etish ustida ish olib borilyapti. Vaziyat to‘liq iziga tushishi bilan bu haqda alohida xabar beriladi.   

Qayd etish kerak, bunga qadar Pro liga 5-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Istiqlol” uchrashuvi ham o‘tkazilmasligi ma’lum qilingandi. O‘zPFL aynan shu ikki uchrashuvni jonli namoyish etish ustida UzReport bilan reja ishlab chiqqandi. Endilikda reja o‘zgardi. Futbol-TV kanalida Pro liga 5-turidan o‘rin olgan “Olimpik” — “Yangier” hamda “Neftchi” — “Xorazm” uchrashuvlari namoyish etiladi. O‘yinlar vaqti bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

 

mib
cola
apex
bmb