Futzal: “Navbahor”, “Nasaf” va AGMK g‘alaba qozondi

Farg‘onadagi “Futbol markazi” sport majmuasida davom etayotgan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 15-tur doirasidagi beshinchi kungi o‘yinlar nihoyasiga etdi. Bugun “Navbahor” “Bunyodkor”ni, “Nasaf” “Qo‘qon-1912”ni, AGMK esa “Maksam-Chirchiq” jamoasini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lishdi.

15-tur

Beshinchi kun, 12 aprel

NAVBAHOR – BUNYoDKOR – 3:2 (2:2)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Umid Po‘latov, Adham Rixsiboev, Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: Farhod Shokirov (14), Hakimjon Abdurashidov (18),  Xusanxon G‘aniev (25) – Xurshid Najimov (4), Mirzohid Xaydarxo‘jaev (14)

Ogohlantirishlar: Xusanxon G‘aniev (5), Xurshid Tojiboev (5, bosh murabbiy), Farhod Shokirov (8) – Mirzoxid Xaydarxo‘jaev (6), Shomaqsud Shobaxromov (29), Islom Salimov (39)


NASAF – QO‘QON-1912 – 10:3 (3:3)

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Sanjar Rahmonov, Sultonmurod Abdurahmonov, Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar: Oybek Polvonov (2, 15, 28, 37), Jasur Xalimov (13), Baxtiyor Baratov (25), Shohruh Ne’matov (26), Dinmuhammad Ochilov (29), Sanjar Elmamatov (35, 36) – Diyorjon Karimov (2, 4), Po‘lat Qirg‘izov (20)

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Baratov (6), Shohruh Norqulov (9) – Diyorjon Karimov (15), Muhammadjon Yusupov (26), Ismoiljon Tolipov (40)


MAKSAM-ChIRChIQ – AGMK – 1:6 (1:3)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Maxmud Rustamov, Rustam Tog‘aev, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar: Abdulla Miyassarov (20) – Davron Choriev (15), Abdulla Solixov (16, 23), Isoxon Ibrohimov (17), Muzaffar Axadjonov (28), Po‘lat Olimov (32)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb