O‘zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv o‘tkaziladi

Farg‘onaning “Istiqlol” futbol klubi yuzaga kelgan iqtisodiy masalalar tufayli Pro ligadagi ishtirokini davom ettira olmasligi yuzasidan O‘zPFLga rasmiy xat bilan murojaat qildi. Endilikda mazkur masala O‘zPFL Ijroqo‘mi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va klubning Pro liga qatnashchilari safidan chiqarilishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

“Istiqlol” futbol klubining murojaatiga asosan Pro liga 5-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan va taqvimga ko‘ra 15-aprel sanasida o‘tishi lozim bo‘lgan “Buxoro” — “Istiqlol” uchrashuvi o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, “Istiqlol” futbol klubi qur’aga ko‘ra O‘zbekiston Coca-Cola kubogi “B” guruhidan o‘rin egallagan edi. Kubok bahslarida “Istiqlol”ning o‘rni O‘zbekiston Coca-Cola kubogi ikkinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lgan “Chig‘atoy” — “G‘ijduvon” qarama-qarshiligi g‘olibi bilan to‘ldiriladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.  

 

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichi

13-aprel, seshanba

16:00 ZOMIN — RUBIN

 

15-aprel, payshanba

16:00 CHIG‘ATOY — G‘IJDUVON 

mib
cola
apex
bmb