OAV xodimlari diqqatiga!

Xabaringiz bor, 13-aprel kuni ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi o‘tkaziladi. Mazkur bahs Olmaliq shahri OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvni yuqori saviyada tashkil etish, OAV orqali yoritish, o‘yindan eksklyuziv lavhalar, fotosuratlar tayyorlash, intervyular uyushtirish maqsadida O‘zPFL barcha turdagi OAV xodimlari uchun sharoit yaratishni maqsad qilgan. Shu bois, ushbu bellashuvni bevosita stadiondan turib yoritib borish istagida bo‘lgan OAV vakillari uchun miniven tashkil etiladi. Buning uchun OAV xodimlaridan o‘zlari haqidagi ma’lumotni info@pfl.uz elektron pochtasiga yuborishlari so‘raladi.

mib
cola
apex
bmb