Birinchi liganing yangi mavsumiga start berildi

Bugun uchta o‘yin bilan 1-liga musobaqasiga ham start berildi. Uchta o‘yindan ikitasida mehmonlar zafar quchishdi. Toshkentga safar uyushtirgan “Jomboy” “Rubin”ni 3:1, Namanganning Uychi tumaniga tashrif buyurgan “Oqtepa” esa mahalliy “Paxtakor-79” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘z maydonida “Jizzax-Bars” jamoasini qabul qilgan “Neftgazmontaj” jamoasi ham mavsumni g‘alaba bilan boshladi – 1:0.

1-liga. 1-tur

10 aprel, shanba

RUBIN – JOMBOY - 1:3 (1:2)

Toshkent.   SO‘T va IBO‘SM stadioni.  95 tomoshabin

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Bekjon Begaliev, Sultonmurod Xojiev

Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Abdulla Nabiev, 31 (0:1), Farzin Muxtorov, 45-o‘z darv. (1:1), Abdulla Nabiev, 44-pen. (1:2), Akbar Siddiqov, 49 (1:3)

Ogohlantirishlar: Obid Hakimov, 29, Farruh Sodiqov, 61 – Ubaydullo Nabiev, 31, Nurbek Xoljigitov, 57, Mexroj Xudoyberdiev, 83.


NEFTGAZMONTAJ - JIZZAX-BARS - 1:0 (1:0)

Toshkent.TShFA stadioni. 109 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Abror To‘ychiev

Nazoratchi: Fayzulla Hasanov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gol: Otabek Pardaboev, 36 (1:0)

Ogohlantirishlar: Sandi David , 44, Saidmaxmud G‘ulomov, 87 – Abduxoliq Rahmonov, 27, Asiljon Oripov, 44, Islom Meliboev, 90+3

Chetlatish: Asiljon Oripov, 90+1 (ikkinchi sariq)


PAXTAKOR-79 - ZOMIN - 0:2 (0:0)

Uychi t. "Paxtakor" stadioni. 409 tomoshabin.

Hakamlar: Lochin Dolimov, Adxam Rixsiboev, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Erkinjon Oripov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Doniyor Umarov, 70 (0:1), Kamronbek Abdulhamidov, 80 (0:2)

Ogohlantirishlar: Hayotbek Sotvoldiev, 38, Abduvohid Sharipov, 90+1 – Otabek Axmatjonov, 38.

mib
cola
apex
bmb