Futzal. 15-tur start oldi

Farg‘ona shahridagi “Futbol markazi” sport majmuasida futzal bo‘yicha 24-bor tashkil etilayotgan mamlakat chempionatining 15-tur o‘yinlariga start berildi. E’tiborli jihati, bugungi o‘yinlarning markaziysi hisoblangan “Huaxin-Jizzax” va “Paxtakor” jamoalari uchrashuvida durang natija qayd etildi. “Paxtakor”ning ochko yo‘qotishi yakunda chempionlikka da’vogarlardan yana biri AGMKga “qo‘l kelishi” mumkin. Buning uchun AGMK qolgan barcha uchrashuvlarda faqat g‘alaba zonishi, “Paxtakor” esa kamida yana bitta bahsda ochko yo‘qotishi talab etiladi. Uchinchi o‘rinni deyarli naqd qilib qo‘ygan jizzaxliklarning esa yo‘qotadigani qolmadi.

“Metallurg” “Stroitel-Zarafshon”ni, “Lokomotiv” esa “Buxoro”ni yirik hisoblarda mag‘lub etishdi.      

Oliy liga. 15-tur. 

Birinchi kun. 8 aprel

STROITELЬ-ZARAFShON – METALLURG – 2:5 (1:3)

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Maxmud Rustamov, Sanjar Rahmonov, Xushnud Atamurodov

Gollar: Muhammadbobur Rahmonberdiev (13), Alijon Rahmonov (28) – Islombek Biyto‘raev (9, 39), Sanjar Ziyoxonov (14, 28), Odiljon Asomov (17)

Ogohlantirishlar: Muhammadbobur Rahmonberdiev (17) – Xushnur Erkinov (17), Farhod Qodirov (28).


HUAXIN-JIZZAX – PAXTAKOR – 2:2 (0:1)

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Shavkat Muhiddinov, Xushnud Atamurodov, Sanjar Rahmonov

Gollar: Soxib Narzullaev (12-o‘z darv.), Davlat Ibragimov (32), Dilshod Raxmatov (40) – Avazbek5 Abduvaliev (37)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Feruz Faxriddinov (40).


BUXORO – LOKOMOTIV – 2:5 (2:1)

Hakamlar: Murodxon Azamjonov, Furqat Azizov, Shavkat Muhiddinov, Jamoliddin Najmiddinov

Gollar: Bexruz Samiev (17) – Akmal Elmurodov (5-o‘z darv.), Amirjon Sa’dullaev (14), Boburbek Ergashev (31, 32, 36), Jamoliddin Normirzaev (39)

Ogohlantirishlar: Shamshodjon Savriddinov (13), Shuhrat Suyarqulov (38) – Sirojiddin Maxmudov (24).

mib
cola
apex
bmb