Coca-Cola Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi

Coca-Cola Superligasi 5-tur doirasidagi dastlabki o‘yin o‘tkazildi. O‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgan “Navbahor” 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydon egalari mehmon hujumchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. VAR tizimidan foydalangan bosh hakam Firdavs Norsafarov o‘n bir metrlik masofani ko‘rsatdi. Penaltidan to‘g‘ri foydalangan “sherlar” hisobda oldinga chiqishdi va chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom etirishdi.

Coca-Cola Superliga. 5-tur

7 aprel, chorshanba

NAVBAHOR – PAXTAKOR - 1:2 (0:1)

NAVBAHOR – PAXTAKOR - 1:2 (0:1)

Namangan. “Markaziy” stadion. 15982 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistentlari: Timur Galeev, Ziyodullo Abdurahmonov

VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

Operator: Otabek Sodiqov

Komissar: Said Shohruh

Gollar: Dragan Cheran, 40 (0:1), Islombek Isoqjonov, 71 (1:1), Dragan Cheran, 90-pen. (1:2)

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Quvondiq Ro‘ziev, Islombek Isoqjonov (Zabixillo O‘rinboev, 76), Ehsoni Panshanbe (Nikola Tasich,69), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Marko Putinchanin, Slavisha Stoyanovich (Abbosjon G‘ulomov, 57).

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Sardor Rashidov, Azizbek Turg‘unboev (Hojimat Erkinov, 46), Dragan Cheran (Shaxzod Azmiddinov, 90+4), Sharof Muhiddinov (Humoyunmirzo Iminov,72), Abrorbek Ismoilov, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev, Farruh Sayfiev.

Ogohlantirish: Islombek Isoqjonov, 22, Davronbek Xoshimov, 74, Igor Golban, 81 – Sherzod A’zamov, 45+1, Abrorbek Ismoilov, 69, Dragan Cheran, 82, Sanjar Quvvatov, 90+6.

mib
cola
apex
bmb