U21 Birinchiligi. “Metallurg” “Andijon”ni mag‘lub etdi, “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘yinida durang qayd etildi

U-21 birinchiligining 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bekobodda “Andijon” jamoasiga mezbonlik qilgan “Metallurg” yoshlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bunda o‘z darvozasini “nishonga olgan” Ahmadullo Muqimjonov qaysidir ma’noda bekobodliklarga “ko‘maklashib” yubordi. 

“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida kechgan mezbonlarning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘yinida kuchlar teng keldi. E’tiborli jihati, yosh “qaldirg‘ochlar” ikkita to‘p farqi bilan ortda borib, yakunda hisobni tenglashtirishga erishishdi. 

U-21 Birinchiligi. 5-tur

7 aprel, chorshanba

METALLURG – ANDIJON – 2:0 (0:0)

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 102 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Azamatjon Bobomurodov, Bexzod Xoo‘imov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Jasurjon Rahimov, 47 (1:0), Ahmadullo Muqimjonov, 83-o‘z darv. ((2:0)

Ogohlantirishlar: Shaxzodjon Ne’matjonov, 39 – Mardon Abdullaev, 22, Sherzod Sharipov, 71 (bosh murabbiy)

Chetlatish: Abdulaziz Mahammadjonov, 82 qizil kartochka (“Andijon”).


BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA – 2:2 (0:2)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 80 tomoshabin.

Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Saidaxror Saidaxmatov, Aleksandra Konchekova

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Saxob Rashidov, 33 (0:1), Jahongir Safarov, 43 (0:2), Muzaffar Olimjonov, 64-pen. (1:2), Muhammadqodir Ahmadov, 83 (2:2)

Ogohlantirishlar: Xurshidbek Ubaydullaev, 56, Bek Abdullaev, 60, Ibrohim Ibrohimov, 85, Umidbek Sultonov (o‘yindan keyin) – Jamshid Akmalov, 87.

mib
cola
apex
bmb