Pro liga. “Olimpik” o‘z maydonida “Buxoro”ga mag‘lub bo‘ldi, Farg‘ona derbisida esa “Neftchi” g‘olib

Toshkent va Farg‘onada o‘tkazilgan ikki o‘yin bilan Pro-liganing 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. O‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qilgan “Olimpik” mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur g‘alaba buxoroliklarni 3-turdan keyin turnir jadvalida to‘plar nisbatiga ko‘ra “Dinamo”ni ortda qoldirib, peshqadamlikka ko‘tarilishiga xizmat qildi. 

Farg‘onada esa derbi bahsida “Neftchi” “Istiqlol”ni ikkita to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. 

Pro-liga. 3-tur

6 aprel, seshanba

"OLIMPIK" – "BUXORO" – 0:2 (0:1)

Toshkent. "Jar" stadioni. 587 tomoshabin.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jasur Rustamov, Amal Sultonov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Ramil Ilyasov

Gollar: Behzod  Shamsiev, 4-o‘z darvozasiga, (0:1), Bobur Qosimov 90+2, (0:2)

"Olimpik": Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov (Muhammadqodir Rahimberganov, 90+4), Eldorbek Begimov  (Shohjahon Sultonmurodov, 46), Behzod Shamsiev, Temur Mamasidiqov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Bektemir Abdumannonov, Jaloliddin Sodiqov, Muhammadaziz Ibrohimov, Abdurauf Bo‘riev, Alisher Odilov (Muhammadali G‘iyosov, 70).

"Buxoro": Sardor Qobuljonov, Azamat Isroilov (Amirjon Safarov, 85), Mirjalol Jumaev, Bobur Qosimov, Anvarjon Jo‘raev, Davronbek Isoqov  (Jasurbek O‘rinov, 64), San’at Shixov, Rustamjon Abduhamidov, Shohruhbek  Holmatov, Alisher Sanoev  (Hakimxon Alamxonov, 90+4), Marko Milich.

Ogohlantirishlar: Muhammadaziz Ibrohimov, 22, Timur G‘aniev, 87 (murabbiy) – Bobur Qosimov, 71, Mirjalol Jumaev, 89.


NEFTChI – ISTIQLOL – 2:0 (2:0)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. Tomoshabinlarsiz.

Hakamlar: Ilya Ilin, Oybepk Kalaxo‘jaev, Hasan Nabiev

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Ulug‘bek Xoshimov, 8, (1:0), Sobit Sindarov, 20 (2:0)

“Neftchi”: Akbar To‘raev, Akmal Shoraxmedov, Sobit Sindarov, Abdulloh Olimov (Darko Stanoevich, 90+1), Shavkatjon Mullajonov, A’zamjon Aliev, Saydullo Raxmatov, Darko Stanoevich, Ruslan Roziev (Sardor Abdunabiev, 72), Marko Obradovich, Ulug‘bek Xoshimov Izo‘zatilla Abdullaev, 82).

“Istiqlol”: Farruh Turdaliev, Iqboljon Boboxonov (Elbek Otaqulov, 46), Abduxoliq Qurbonov, Abbosbek Maxstaliev (Mo‘ydinjon Mamazulumov, 77), Mansurjon Saidov (Xushnudbek Bozorov, 72), Sardorbek Sotivoldiev, Elyor Mamasoliev, Javohirbepk Rasulov, Dilyorbek Irmatov, Islomjon Karimov, Pavel Smolyachenko.

Ogohlantirishlar: A’zamjon Aliev, 65 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb