Coca-Cola Superliga. 5-turning 3 ta o‘yinida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda

7 aprel, chorshanba kuni Coca-Cola Superliganing 5-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.

Jumladan, Coca-Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan 3 ta bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Unga ko‘ra, “Navbahor” – “Paxtakor”, “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” va “Qizilqum” – “Nasaf” o‘yinlarida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.

mib
cola
apex
bmb