Coca-Cola Superliga. VARdan foydalanilgan dastlabki 5 ta uchrashuv statistikasi

Xabaringiz bor, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.

Coca-Cola Superliga-2021 1-turi doirasidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” o‘yini milliy chempionatimiz yuqori divizionida Video Assistant Referee tizimi ishlagan dastlabki uchrashuv sifatida tarixdan o‘rin oldi. Shuningdek, 2-tur doirasidagi “Lokomotiv” – “Navbahor” hamda 3-turdagi “Turon” – “Lokomotiv”, “Navbahor” – “Nasaf” va “Bunyodkor” – “Andijon” bahslarida ham VAR tizimi mutaxassislari ish olib bordi. Hozirga qadar ortda qolgan 3 ta tur davomida 5 ta o‘yinda VAR faoliyat ko‘rsatdi.

Uchrashuvlar davomida VARga murojaat qilgan holda, bosh hakamlar maydonda 4 bora VAR monitorida vaziyatlarni kuzatishdi. Kuzatishga ketgan vaqt 1-bo‘limlar davomida o‘rtacha 60 soniyani, 2-bo‘limlarda esa o‘rtacha 89 soniyani tashkil qildi.

5 ta uchrashuv davomida jami 32 ta jarima maydoni ichidagi xavfli vaziyatlar VAR tomonidan tekshirildi. Qolaversa, 15 ta ehtimoliy qizil kartochkali holatlar ham tekshirib ko‘rildi. Bitta o‘yinda ehtimoliy qizil kartochkalar tekshiruvi o‘rtacha 3 tani tashkil etdi.

 

VAR tizimi ishlagan uchrashuvlar:

Coca-Cola Superliga. 1-tur

Nasaf – Paxtakor

 

Coca-Cola Superliga. 2-tur

Lokomotiv – Navbahor

 

Coca-Cola Superliga. 3-tur

Turon – Lokomotiv

Navbahor – Nasaf

Bunyodkor – Andijon 

 

 

mib
cola
apex
bmb