Birinchi liga va Ayollar chempionati taqvimi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Birinchi liga hamda Ayollar chempionati bahslarini yilning dastlabki yarmi uchun taqvimini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, 12 ta jamoa ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Birinchi liga-2021 mavsumi 11-aprel kuni start oladi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi esa 3-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, ayollar futbolida yangi mavsum 13-aprel kuni Superkubok bellashuvi bilan boshlanadi. Unda mamlakat chempioni – “Bunyodkor-W” vitse-chempion “Sevinch”ga qarshi bahs olib boradi. 10 ta klub ishtirok etadigan ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Oliy ligasida esa 1-tur uchrashuvlari 17-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Yangi mavsumga qur’a tashlash marosimi 6-aprelda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zPFL rasmiy sayti “Hujjatlar” bo‘limidagi quyidagi havola orqali mavsumning birinchi yarmi uchun o‘tkaziladigan musobaqalarning to‘liq taqvimi bilan tanishib olishingiz mumkin. 

mib
cola
apex
bmb