O‘zbekiston Coca-Cola kubogiga 18-mart kuni qur’a tashlanadi

O‘zbekiston Coca-Cola kubogining saralash hamda guruh bosqichi o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi 18-mart — payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Qur’a “Sport” telekanali orqali jonli ko‘rsatiladi. 

Shu kuni Coca-Cola Superliga 3-turi doirasida AGMK va “Paxtakor” klublari to‘qnash keladi. Uchrashuv 18:30 da boshlanadi, uchrashuv yakunidan keyin qur’aga start beriladi. 

Reglamentga ko‘ra, Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘p suruvchi klublar kubok musobaqasini 1/8 final bosqichidan boshlaydi. Hozirda “Paxtakor” klubining ishtiroki masalasiga to‘la oydinlik kiritib bo‘lingan. AGMK klubining kubokdagi starti masalasi 7-aprel kuni hal etiladi. Kubok musobaqasining guruh bosqichi Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘yinlari bilan parallel o‘tkaziladi. 

Superliga hamda Pro liga klublari O‘zbekiston Coca-Cola kubogining guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Birinchi liga klublari musobaqani saralash bosqichidan boshlaydi. Tez orada Birinchi liga klublari nomiga to‘la oydinlik kiritiladi.

Xuddi o‘tgan yili bo‘lgani kabi kubok finaliga mezbonlik qiluvchi stadion nomi qur’a yordamida aniqlanadi. O‘zPFL Superliga va Pro liga klublariga rasmiy murojaat qilgan bo‘lib, ayni kunlarda final mezbonligi uchun istagi bor stadionlar nomiga oydinlik kiritmoqda. Ular orasidan kubok finali talabiga javob beruvchi stadionlar ajratib olinadi va shundan keyingina mana shu stadionning qur’ada qatnashishi uchun ruxsat etiladi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining final bosqichi Evropa chempionati musobaqasining final bosqichi bilan ayni bitta formatda o‘tkaziladi.

mib
cola
apex
bmb