Superkubok oldidan matbuot anjumanida Krimets, Rashidov, Aliqulov hamda Ne’matov qatnashadi

Xabaringiz bor, 6-mart kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o‘tkaziladi. Unda amaldagi chempion “Paxtakor” va vitse-chempion “Nasaf” klublari o‘zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 da start oladi.

Ertaga – 5-mart kuni har ikki klub rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda dastavval “Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etadi. Unga Yegor Krimets va Sardor Rashidov hamrohlik qiladi. “Paxtakor” ishtirokidagi matbuot anjumani 17:15 da start oladi.

“Nasaf” murabbiyi Shuxrat Toshpo‘latov va jamoa yetakchilari Husniddin Aliqulov hamda Abduvohid Ne’matov ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:45 da bo‘lib o‘tadi. 

Barcha turdagi OAV vakillarini o‘yinoldi tadbirlarni bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz.

mib
cola
apex
bmb