Pro liga yangi mavsumiga 12-mart kuni qur’a tashlanadi

Mamlakatimizda yangi futbol mavsumi rasman 6-mart sanasida bo‘lib o‘tadigan Superkubok uchrashuvi bilan boshlanadi. 9-mart kuni esa Coca-Cola Superliganing ilk turiga start beriladi. 

O‘zPFL Pro liga bellashuvlari translyatsiyasi huquqiga egalik qiluvchi UzReport bilan kelishgan holda yangi mavsumga qur’a tashlash marosimini 12-mart kuni o‘tkazishga qaror qildi. Bungacha Coca-Cola Superligasiga qur’a tashlash marosimlari jonli efirga uzatib kelingan bo‘lsa, endilikda tarixda ilk bor Pro liga vakillari ham jonli efirda namoyish etiladigan qur’a marosimiga tashrif buyuradi.

Pro liga mavsumi 22-martdan e’tiboran start oladi. Dastlabki tur uchrashuvlari 22-23-24-mart sanalarida bo‘lib o‘tadi. FIFA kunlari davom etayotgan 27-28-29-mart kunlarida Pro liga 2-turi o‘tkaziladi. 

Taqvimning qolgan qismi hamda qur’a tashlash marosimining qayerda tashkil etilishi tez orada e’lon qilinadi.

mib
cola
apex
bmb