O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qiladi

“2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 22.3-bandiga asosan shu yilning 6-mart sanasida O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o‘tkaziladi. Unda mamlakat chempioni sifatida “Paxtakor” va vitse-chempioni sifatida “Nasaf” klublari o‘zaro saf tortadi. Bellashuv 16:00 da start oladi.

Mazkur band shartlaridan kelib chiqib, Superkubok o‘yini uchun Samarqand shahri tanlab olindi. Shahargacha etib borish sharoiti har ikki klub muxlislari uchun nisbatan teng ekani inobatga olindi.

Reglamentdan kelib chiqib, mazkur bellashuvda “Paxtakor” futbol klubi rasmiy mezbon hisoblanadi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superkubok o‘yinini tashkil etishda ko‘rsatayotgan yordami uchun Samarqand viloyati hokimiyati hamda “Dinamo” futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiradi.    

Superkubok uchrashuvi bilan bog‘liq o‘yinoldi tadbirlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. 

mib
cola
apex
bmb