OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni 22-fevralda start oladi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalar uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni 22-fevral — dushanba kuni start oladi va u 3-martga qadar davom etadi.

Akkreditatsiyadan o‘tish istagida bo‘lgan OAV belgilangan shart asosida ariza varaqasini taqdim etadi. Shuningdek, barchaga “O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo‘riqnoma” bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. OAV vakillari taklifidan kelib chiqib, mazkur yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

20-fevral — shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Coca-Cola Superliganing 2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida OAV vakillari 2020-yil uchun berilgan akkreditatsiyalar bilan ishtirok etishlari mumkin. 

mib
cola
apex
bmb