Aleksandr Petrov: O‘ylashimcha, haqli tarzda g‘alabaga erishdik

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda AGMK va “Paxtakor” jamoalari kurash olib borishdi. Murosasiz kechgan uchrashuvda olmaliqliklar g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Bu borada AGMK jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz uchrashuv oxirigacha bor kuchimiz bilan o‘ynadik va g‘alaba qozondik. Shogirdlarim terma jamoa yig‘ini, Argentina terma jamoasi bilan kechgan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng charchaganiga qaramasdan, bugun murabbiylar shtabi barcha ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda, chiroyli o‘yin ko‘rsatishdi. Oxirgi 10 kun ichida 4ta uchrashuv o‘tkazish sportchi organizmi uchun qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkinligini hisobga olib, yengil mashg‘ulotlar o‘tkazayapmiz.

“Paxtakor” jamoasi – chempionatdagi asosiy raqibimiz. 4-davradagi o‘zaro o‘yinimizda chempionlik hal bo‘ladi, deb o‘ylayman, - ta’kidladi Aleksandr Petrov. 

mib
cola
apex
bmb