Osiyo Chempionlar Ligasi va OFK Kubogiga qur’a tashlandi

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi va OFK Kubogining 2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil qit’a miqyosidagi xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini “Paxtakor” (Toshkent), AGMK (Olmaliq) va “Nasaf” (Qarshi) klublari himoya qilish imkoniyatiga ega.

OFK Kubogi qur’a natijalariga ko‘ra, AGMK (yoki “Nasaf”) Turkmanistonning “Oltin asr”, Tojikistonning “Xo‘jand” va Qirg‘izistonning “Oloy” jamoalari bilan birgalikda “F” guruhidan o‘rin oldi.

OFK Kubogi guruh bosqichi o‘yinlari 14-20-may oralig‘ida markazlashtirilgan formatda bo‘lib o‘tadi.

OFK Chempionlar ligasi qur’a natijalariga ko‘ra, “Paxtakor” “Sharja” (BAA), “Traktorsozi” (Eron) hamda “Al Vaxda” - “Al Quva” o‘yini g‘olibi bilan “V” guruhidan o‘rin oldi.

AGMK jamoasi pley-off bosqichida mehmonda Qatarning “Al Garafa” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 14-30-aprel oralig‘ida markazlashtirilgan formatda bo‘lib o‘tadi.

“Paxtakor” to‘g‘ridan-to‘g‘ri qit’a Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan musobaqaga qo‘shilsa, olmaliqliklar pley-offda o‘z omadini sinab ko‘radi. AGMKning pley-offdagi natijasidan kelib chiqqan holda “Nasaf” OFK-Kubogida qatnashishi mumkin bo‘ladi. 

 

mib
cola
apex
bmb