Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Pandemiya sabab muddati cho‘zilgan 2020 yilgi mavsum yakuniga etdi. Futbolchilar qisqa fursat davom etgan qishki ta’tilni tugatishib, yana maydonlarga qaytishmoqda. Jamoalar yangi mavsum oldidan o‘z tarkiblarini bir qancha yangi futbolchilar bilan to‘ldirib, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlashdi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni birinchi bo‘lib Superliga debyutanti – “Turon” jamoasi boshlab berdi.  Yaypanliklar yangi yilning ikkinchi sanasidayoq o‘z qarorgohlarida mashg‘ulotlarga kirishdi.  4 yanvardan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini, shuningdek “Andijon”, “Navbahor”, AGMK va “So‘g‘diyona” klublari ham boshlashdi . 5 yanvardan boshlab esa,  “Bunyodkor” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari ham dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

mib
cola
apex
bmb