“Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvida kiritilgan ikkinchi gol avtogol deb topildi

Coca Cola Superligasi 20-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvida (0:6) toshkentliklar tomonidan kiritilgan va Dragan Cheran hisobiga yozilgan ikkinchi gol O‘FA hakamlar va inspektorlar bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi va avtogol deb topildi.

O‘yin qaydnomasi va hakam raportiga ham o‘zgartirish kiritildi.

Coca Cola Superliga, 20-tur

24 oktyabr, shanba

SURXON – PAXTAKOR 0:6

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Shuxrat Rajabov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Eren Derdiyok, 41 (0:1), Asror G‘ofurov, 43 avtogol (0:2), Akromjon Komilov, 45+1 (0:3), Igor Sergeev, 53 (0:4), Jaloliddin Masharipov, 60 (0:5), Javohir Sidiqov, 79 (0:6)

mib
cola
apex
bmb