Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar: Yakuniy uchlik aniq

Coca Cola Superligasi ushbu mavsumi yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mavsum davomida O‘zPFL oyning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va golini aniqlab keldi. Yil yakunida esa, an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi. 

O‘zPFL bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Oldingi mavsumlarda yil laureatlarini aniqlashda ularning oyma-oy to‘plagan ochkolari yig‘indisi hisobga olinar edi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun yakunda ham Coca Cola Superligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovozi hisobga olindi. Bunda mavsum davomida oy g‘oliblari sifatida eng ko‘p ochko to‘plagan uch nafar murabbiy va futbolchiga O‘zPFL nomzodlari qo‘shilgan holda – jami 4 nafar nomzod ishtirok etishini avvalroq xabar qilgan edik.

Hozirga kelib, barcha nominatsiyalar uchun murabbiylar va sardorlar ovozlari berib bo‘lindi. Ovozlar hisoblanib, eng yaxshilar orasida kuchli uchlik aniqlandi. 

Igor Sergeyev (“Paxtakor”) — 16 gol, 2 assist

Bobir Abduxoliqov (“Nasaf”) — 17 gol

Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”) — 6 gol, 14 assist

G‘olib yil yakunida eng yaxshilarni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

mib
cola
apex
bmb