Mirjalol Qosimov: “Finalga osonlikcha kelmadik”

Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionida Coca Cola O‘zbekiston Kubogi finalidan oldin ikki jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Dastlab, finalda nominal mezbon hisoblangan AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda jamoa darvozaboni Valijon Rahimov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

“Biz bu stadionda “Navbahor” bilan chempionat doirasida o‘ynaganimizda, bu erga yana qaytib kelishni va ular bilan finalda o‘ynashni niyat qilgan edik”, - deydi Mirjalol Qosimov. “Biz bu erga etib keldik, “Navbahor” finalga etib kela olmaganidan esa afsusdaman, bu - futbol”.

“Raqib salohiyati va kuchi haqida gapirish shart emas. “Paxtakor” – chempion, shuning o‘zi ularning qanday kuchga ega ekanini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa ham, ularga qarshi etarlicha tayyorgarli ko‘rdik. Biz ham finalga osonlikcha etib kelmadik. “Lokomotiv”, “Metallurg” va “Nasaf” mamlakatimizning eng kuchli jamoalari. Ularni mag‘lub eta oldik. Shunday ekan, finalga haqli tarzda etib keldik. Final bir o‘yindan iborat. Unda albatta imkoniyatimiz bo‘ladi. Finalda xato qilmaslikka harakat qilamiz”.

Valijon Rahimov: “Finalda stadionda ko‘proq muxlis bo‘lishiga umid qilaman”

AGMK darvozaboni Valijon Rahimov finalda stadion muxlislar bilan to‘lishiga umid qilayotganini aytdi: “Umid qilamanki, finalga ko‘proq muxlis tashrif buyuradi. Avvalgi ikki finalda muxlislar kamroq tashrif buyurishgan edi. Namanganda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Umid qilamanki, ertaga finalda ko‘proq muxlis keladi. Biz finalga tasodifan chiqib qolmadik. Bungacha kuchli raqiblarni mag‘lub etdik. Ertaga qiziqarli uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda”, - deydi Rahimov.

mib
cola
apex
bmb