O‘zPFL yilning eng yaxshi ayol futbolchisini aniqlash jarayonini boshladi

Bilasiz, O‘zPFL yil yakunida an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi. Tashkilot bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun ayollar Oliy ligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz beradi. 

Yilning eng ayol futbolchisiga nomzodlar:

Lyudmila Karachik (“Bunyodkor-W”) - 19 ta o‘yin, 29 ta gol

Nilufar Qudratova (“Sevinch”) – 15 ta o‘yin, 10 ta gol

Diyoraxon Xabibullaeva (“So‘g‘diyona-W”) - 18 ta o‘yin, 25 ta gol

Ana Alekperova (“Paxtakor-W”) – 15 ta o‘yin, 13 ta gol

Saida Galimova (“Bunyodkor-W”) – 19 ta o‘yin, 15 ta gol

Eng yaxshi ayol futbolchiga ovoz berish jarayoni 16 dekabr kunidan 25 dekabr kunigacha davom etadi.

mib
cola
apex
bmb