O‘zbekiston Coca Cola kubogi bilan suratga tushishni istaysizmi?

Bilasiz, 20-dekabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadion O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvini qabul qiladi. Mamlakat kubogining hal qiluvchi o‘yinida AGMK va “Paxtakor” o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib boradi. 

Final uchrashuvi oldidan 19-dekabr sanasida futbol ishqibozlari O‘zbekiston Coca Cola kubogi bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu kuni mamlakat kubogi sovrini Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda muxlislar e’tiboriga havola qilinadi. 

Istagan futbol ishqibozi 19-dekabr kuni soat 16:30 dan boshlab “Markaziy” stadionga tashrif buyurib, O‘zbekiston Coca Cola kubogi umumiy fonida bosh sovrin bilan fotosuratga tushishi mumkin bo‘ladi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvi 20-dekabr kuni soat 15:00 da Namangandagi “Markaziy” stadionda boshlanadi.

mib
cola
apex
bmb