O‘zPFL yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash jarayonini boshladi

Coca Cola Superligasi ushbu mavsumi yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mavsum davomida O‘zPFL oyning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va golini aniqlab keldi. Yil yakunida esa, an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi. 

O‘zPFL bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Oldingi mavsumlarda yil laureatlarini aniqlashda ularning oyma-oy to‘plagan ochkolari yig‘indisi hisobga olinar edi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun yakunda ham Coca Cola Superligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz beradi. Bunda mavsum davomida oy g‘oliblari sifatida eng ko‘p ochko to‘plagan uch nafar murabbiy va futbolchiga O‘zPFL nomzodlari qo‘shilgan holda – jami 4 nafar nomzod ishtirok etadi.

Coca Cola Superligasida yilning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar

1. Bobir Abdiholiqov

2. Murod Xolmuhammedov

3. Igor Sergeev

4. Jaloliddin Masharipov

Eng yaxshi futbolchiga ovoz berish jarayoni 16 dekabr kunidan 25 dekabr kunigacha davom etadi.

mib
cola
apex
bmb