OFK kelasi yilgi klublar musobaqalari uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida kelasi yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, OFK Chempionlar ligasi-2021da ishtirok etish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston klublari 7 tani tashkil etadi: “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK, “So‘g‘diyona”.

Shuningdek, OFK kubogi-2021 musobaqasida ishtirok etish uchungina litsenziya ola bilgan O‘zbekiston klubi – “Nasaf”.

Nufuz jihatidan yuqorida turuvchi OChL uchun litsenziya olgan klub agar musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa, OFK kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Qayd etish joiz, OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashish uchun klub sport mezonlari bo‘yicha sovrindor bo‘lishi va shu bilan bir qatorda litsenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim sanaladi.

mib
cola
apex
bmb