O‘tish o‘yini qanday formatda o‘tadi?

Xabaringiz bor, Pro ligada 2-o‘rinni egallagan “Neftchi” hamda Coca Cola Superliganing 13-jamoasi bo‘lgan “Andijon” ishtirokidagi o‘tish uchrashuvi 15 dekabr kuni “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘tish o‘yinining asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, 15 daqiqadan ikki qo‘shimcha taymlarga navbat beriladi. Agar, ekstra taymlarda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Jamoalarga 5 nafar futbolchi almashtirish uchun ruxsat berilgan. Bunda dastlabki 90 daqiqa ichida futbolchi almashtirish uchun har bir jamoaga 3 tadan imkoniyat taqdim etiladi. O‘yin qo‘shimcha taymlarga qadar etib borsa, yana 1 martadan futbolchi almashtirish mumkin bo‘ladi. Umumiy hisobda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar 5 nafardan oshmasligi kerak.

mib
cola
apex
bmb