“Buxoro” Superligani tark etdi

Hozirgina Coca Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan AGMK hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, olmaliqliklar hisobidagi ochkolar soni 49 taga yetdi va jamoa mavsumni 3-o‘rinda yakunladi. 26 o‘yinda bor yo‘g‘i 1 marta g‘alabaga erishib, 14 bor mag‘lub bo‘lgan “Buxoro” esa 14 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi va Superligani tark etdi.

Coca Cola Superliga. 26-tur

3 dekabr, payshanba

AGMK – BUXORO 3:1 (1:1)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Artyom Kalinin, Shohruh A’zamov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Aziz Ibragimov, 15 pen (0:1), Husniddin G‘ofurov, 45+2 (1:1), Husniddin G‘ofurov, 57 (2:1), Elguja Grigalashvili, 88 (3:1)

AGMK: Valijon Rahimov, Mirjamol Qosimov (Bahrom Abdurahimov, 62), Dilshod Jo‘raev, Elguja Grigalashvili, Murodjon Toshmatov, Sanjar Tursunov (Jasurbek Umarov, 74), Mirg‘iyos Sulaymonov, Mate Vatsadze (Zafar Polvonvo, 62), Yovan Jokich, Boburbek Yuldashev (Shahzodbek Nurmatov, 90), Husniddin G‘ofurov (Arslanmirat Amanov, 74).

“Buxoro”: Zafar Safaev, Mirjalol Jumaev, Bobirjon Amanov, Suxrob Ne’matov (Izzatilla Abdullaev, 60), Aziz Ibragimov, Zoxir Pirimov (Shahzod Beshimov, 67), Bexruz Sadilloev (Jasur Hasanov, 60), Nurjahon Muzaffarov (Ilhomjon Alijonov, 76), Ergash Ismoilov, Fayzullobek Jumanqo‘ziev (Muhammad G‘iyosov, 76), Maksimilian Fomin.

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Mirjalol Jumaev, 40, Jasur Hasanov, 66.

mib
cola
apex
bmb