Birinchi liga. “Yangier” Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Kecha Birinchi ligada ikkinchi bosqich 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yuqori oltilikda g‘oliblik uchun kurashayotgan “Yangier” jamoasi o‘z maydonida “G‘ijduvon”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Bekzod Qodirqulov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va eng yaqin ta’qibchi – “Paxtakor-Farm”ni 3 ochkoga ortda qoldirgan holda muddatidan oldin Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bunda yangierliklarga “sherlar” bilan o‘zaro o‘yindagi g‘alaba ustunlik taqdim etdi.

Birinchi liga. 4-tur (Yuqori oltilik)

30 noyabr, dushanba

YaNGIER – G‘IJDUVON 1:0 (0:0)

Yangier. “Yangier” stadioni. 780 tomoshabin

Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Shohruh Maqsudov, Shohruh Qayumov, To‘rabek Suyunov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Abduvohid Karimov

Gol: Dilmurod Karimov, 86 pen (1:0)

Ogohlantirishlar: Yodgor Nazarov, 16, Dilmurod Karimov, 87, Abdumalik Abdullaev, 90+1 – Ixtiyor Ramozonov, 49, Nodirbek Ibragimov, 64, Shavkat Rahmatov, 77.


RUBIN – PAXTAKOR-FARM 1:3 (0:0)

Toshkent. SO‘T va IBO‘SM stadioni. 63 tomoshabin

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Nikita Mustafin

Nazoratchi: Erkinjon Oripov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Hazratjon Tursunqulov, 50 (0:1), Jahongir Safarov, 73 pen (1:1), Jasurjon Rahimov, 75 (1:2), Abror Sarimsakov, 90+4 (1:3)

Ogohlantirishlar: Kemran Najafaliev, 33 – Mirzohid Qo‘chqorov, 56, Bektemir Abdumannonov, 69, Aziz Isakov, 72, Anvar Husanov, 83.


BUNYoDKOR-FARM – PAXTAKOR-79 1:0 (0:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi. 24 tomoshabin

Hakamlar: Farruh Yansupov, Xayrulla Normatov, Muzaffar Fayzullaev, Oybek Kalaxo‘jaev

Nazoratchi: Shuxrat Karimov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Saidmahmudxon Gulyamov, 90+1 (1:0)

Ogohlantirishlar: Farruh Pardaev, 35, Rixsixo‘ja Ahmadxo‘jaev 53, Alpomish Tilapov, 64 – Humoyun Faxriddinov, 85.

Chetlatish: Farruh Pardaev, 72 (ikkinchi sariq).

mib
cola
apex
bmb