Pro liga. “Dinamo” mavsumni g‘alaba bilan tugatdi

Kecha Pro ligada 20-turdan o‘rin olgan dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Samarqandning “Dinamo” jamoasi G‘uzorda “Sho‘rtan” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Pro liga. 20-tur

29 noyabr, yakshanba

ShO‘RTAN – DINAMO 1:2 (0:0)

G‘uzor. “Markaziy” o‘yingoh. 79 tomoshabin

Hakamlar: Ilya Ilin, Jasur Rustamov, Amal Sultonov, Artyom Kalinin

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Davron Ahmedov

Gollar: Amirjon Safarov, 52 (0:1), Bekzod Suvonov, 84 (1:1), Shohruhbek Abdurahmonov, 90 (1:2)

“Sho‘rtan”: Akmal Rahimov, Elbek Otaqulov, Xudoyorxon Sagdullaev (Islom Boysariev, 46), Shokir Yo‘ldoshev (Sardor Sa’dulloev, 46), Elyor Omonjonov, Sherbek Eshmurodov, Bekzod Suvonov (Islom Zoirov, 90+2), Islom Shodmonov (Salohiddin Sanaqulov, 87), Sanjar To‘raqulov, Shahboz Jo‘raev, Faxriddin Alimov (Asadbek Samariddinov, 60).

“Dinamo”: Farhod Rahmatov, Avaz Agaliev, Eldor Boymatov, Amirjon Safarov (Akmal Kozimov, 90+4), Damir Temirov, Andrey Sidorov (Sharafiddin Shobirov, 79), Obid Jo‘raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Komil Sharafutdinov, Shohruhbek Abdurahmonov (Azim Mirzaev, 90+4), Oybek Nurmatov (Shahboz Nuriddinov, 68).

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Oybek Nurmatov, 30, Muhammadqodir Hamraliev, 81, Jasur Hamraev, 90+4 (murabbiy).

mib
cola
apex
bmb