U-21 Birinchiligi. “Navbahor” – AGMK uchrashuvi bo‘yicha ma’lumot

Xabaringiz bor, bugun 28 noyabr kuni U-21 Birinchiligi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shulardan birida “Navbahor” yoshlari o‘z maydonida AGMK o‘rinbosarlarini qabul qilishi kerak edi. Biroq, mamlakatimizning turli hududlarida, jumladan, Qamchiq dovonida qor yoqqani sababli dovondan o‘tish yo‘li yopildi. Natijada AGMK U-21 jamoasi Namangan shahriga o‘z vaqtida etib bora olmadi.

Shundan kelib chiqib, mazkur jamoalar o‘rtasidagi bellashuv ertaga, 29 noyabr kuni soat 10:00 da Namangan shahridagi “Yosh kuch” stadionida o‘tkazilishi belgilandi.

mib
cola
apex
bmb