Pro liga hal qiluvchi o‘yini qishning ilk kunida bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 29 noyabr kuni Pro liga 20-turi doirasida “Neftchi” — “Turon” uchrashuvi o‘tkazilishi kerak edi. Mazkur o‘yin finalga teng ahamiyat kasb etayotganidan va har ikki klubda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati bor ekani quvonarli holat. 

29 noyabr kuni Toshkentda Superliga g‘olibi “Paxtakor” futbol klubini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. O‘zPFL ishchi guruhi marosimni yuqori saviyada o‘tkazish uchun shu kuni Toshkent shahrida bo‘ladi. 

Biz albatta Pro liga g‘olibini taqdilash marosimi ham yuqori saviyada o‘tishini istaymiz. Ayni vaqtda O‘zPFL taqdirlash marosimi yaxshi saviyada o‘tishi ustida ish olib boryapti. Vodiy derbisi muxlislar xotirasida yaxshi ma’noda uzoq saqlanib qolishidan barchamiz birdek manfaatdormiz. 

Uchrashuv UzReport telekanalida bevosita efirga uzatilishi va finalga teng bu o‘yin alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqib, 29 noyabr sanasiga belgilangan “Neftchi” — “Turon” o‘yini 1 dekabr — seshanba kuni “Istiqlol” stadionida o‘tadigan bo‘ldi. Mazkur holat futbol jurnalistlari uchun ham qulaylik yaratib beradi.

mib
cola
apex
bmb