Ertaga U18 Birinchiligida 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. So‘nggi tur oldidan bir yo‘la 3 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashda ishtirok etmoqda. Bular “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Navbahor” jamoalaridir va ushbu jamoalar ishtirokidagi “Navbahor” - “Qo‘qon-1912” va “Lokomotiv” - "Nasaf" uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.
Shuningdek, bellashuvlardan so‘ng "Nasaf" markaziy stadionida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
U18 Birinchiligi. 13-tur
22 noyabr, yakshanba
10:00 NAVBAHOR - QO‘QON-1912
10:00 LOKOMOTIV - NASAF
10:00 ANDIJON - PAXTAKOR
12:00 SO‘G‘DIYoNA - SURXON
12:00 BUXORO - AGMK
14:30 BUNYoDKOR - QIZILQUM
METALLURG - MASh’AL +:-