“Andijon II” hamda “Zirabuloq” Birinchi ligadan tushib ketdi

Bugun Birinchi ligada birinchi bosqichning so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Xabaringiz bor, mavsum avvalida pandemiya sabab musobaqa formatiga o‘zgartirish kiritilgan va unga ko‘ra ushbu bosqichda ikki mintaqada so‘nggi o‘rinni egallagan klublar turnirdan chiqib ketishi va ikkala mintqada kuchli uchlikdan o‘rin olgan jamoalar alohida, qolgan jamoalar esa alohida ikki guruhga bo‘linib musobaqani davom ettirishlari belgilangan edi.

Bugungi o‘yinlardan keyin sharq mintaqasida “Andijon II” hamda g‘arba mintaqasida “Zirabuloq” jamoalari so‘nggi o‘rinlarni olishi aniq bo‘ldi va ushbu jamoalar musobaqadan chiqib ketishdi. Yuqorida aytilganidek, endi jamoalar ikkiga bo‘lingan holda musobaqadagi ishtiroklarini davom ettirishadi. Ikki guruh jamoalari uchun taqvim yaqin daqiqalar ichida rasmiy saytda e’lon qilinadi.

mib
cola
apex
bmb