Ro‘ziqul Berdiyevga nisbatan intizom chorasi qo‘llanildi

Coca Cola Superliga 21-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda raqib jamoa futbolchisi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev maydondan chetlatilgan edi. O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi ushbu holatni ko‘rib chiqdi. 

Unga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyev 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va moddiy jarimaga tortildi.

Bunday holat yana takrorlansa, murabbiyga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

mib
cola
apex
bmb