“Andijon” FK qaydnomadagi xatolik sabab jarima intizom chorasini oladi

“Andijon” futbol klubi futbolchisi Farhod Miraxmatov Coca Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida ikkita sariq kartochka olib, qizil kartochka bilan maydondan chetlatilgan edi. 

Futbolchi navbatdagi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishi kerakligi belgilangan bo‘lsa-da, u U-21 birinchiligining 20-turida “Bunyodkor U-21” jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan.  Bu bilan “Andijon” futbol klubi Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.19-bandini buzdi. Unda qayd etilganidek, agar jamoa g‘alaba qozonsa yoki durang o‘ynasa, unga texnik mag‘lubiyat yoziladi, qo‘shimchasiga, O‘FA Intizom kodeksiga muvofiq jarima solinadi.  

“Andijon U-21” jamoasi mazkur bellashuvda mag‘lub bo‘lganligi sababli uchrashuv natijasi (gollar, ogohlantirish va chetlatishlar) o‘z kuchida qoldi va O‘FA Intizom kodeksining 5.34, 5.47-bandlariga asosan “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

mib
cola
apex
bmb