Coca Cola Superliga. AGMK Qarshida “Nasaf”ga mag‘lub bo‘ldi

Bugun Coca Cola Superligasida 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. Turning markaziy uchrashuvi Qarshi shahrida kechdi. Unda turnir jadvalida kuchli uchlikda borayotgan “Nasaf” hamda AGMK jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Coca Cola Superliga. 20-tur

21 oktyabr, chorshanba

NASAF – AGMK 2:0 (1:0)

Qarshi. “Markaziy” stadion

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Abduxamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Baxtiyor Tog‘aev

Nazoratchi: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Marko Stanoevich, 41 (1:0), Oybek Bozorov, 60 (2:0)

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Bobir Abduxoliqov, Sharof Muxitdinov, Islom Kenjaboev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.

AGMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Dilshod Jo‘raev, Elguja Grigalashvili, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Tursunov, Yovan Jokich, Boburbek Yuldashev, Husniddin G‘ofurov.

mib
cola
apex
bmb