Coca Cola Superliga. Qoldirilgan o‘yinda “Paxtakor” g‘alaba qozondi

Bugun Coca Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi mamlakat chempioni – “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qildi.

Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Coca Cola Superliga. 17-tur

21 oktyabr, chorshanba

PAXTAKOR – SO‘G‘DIYoNA 2:0 (1:0)

Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 845 tomoshabin

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Timur Galeev, Artyom Kalinin, Rustam Choriev

Nazoratchi: Sardor Najafaliev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Dragan Cheran, 45+1 (1:0), Dostonbek Hamdamov, 75 (2:0)

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Akramjon Komilov, 63), Jaloliddin Masharipov (Xojimat Erkinov, 79), Dragan Cheran, Igor Sergeev (Eren Derdiyok, 63), Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 79), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev (Aborbek Ismoilov, 63), Farruh Sayfiev.

“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullaev, Iskandar Shayqulov, Ayubxon No‘’monov, Sanjar Rashidov (Jasur Hasanov, 46), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 72), Daniel Nasriddinov (Sanat Shixov, 65), Javohir Qahramonov, Shahboz Jo‘rabekov, Dian Talxatov (Sahob Rashidov, 81), Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Yo‘q.

mib
cola
apex
bmb