Coca Cola Superliga klublari uchun taqvimda yengillik yaratiladi

Avvalroq xabar qilinganidek, 9-17 noyabr kunlariga navbatdagi FIFA kunlari belgilangan. Bu kunlar oralig‘ida esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘zPFL bu borada terma jamoalar markazi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va terma jamoaning rejalaridan kelib chiqib, taqvim ishlab chiqmoqda. 

Terma jamoalar markazi xabariga ko‘ra FIFA kunlardagi o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 noyabrda yig‘in boshlashni rejalashtirgan. O‘zbekiston Professional futbol ligasi ushbu sanalarda yuzaga kelgan bo‘shliq sababli, Coca Cola Superliganing 22-tur uchrashuvlari vaqtini klublar uchun biroz engillashtirishni lozim topdi. 

Bilasiz, “Paxtakor”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor” kabi klublar “Paxtakor”ning OChLdagi ishtiroki sabab ancha zich taqvimda qolishgan edi. Shu bois, ularga biroz engillik yaratish maqsadida, o‘yinlar oralig‘i surib berildi.

Shuningdek, o‘yinlarni jonli uzatish uchun Sport-TV bilan doimiy aloqa yo‘lga qo‘yilgan.

mib
cola
apex
bmb