Qishki transfer oynasi 4 yanvar kuni ochiladi

O‘zPFL 2021 yilgi mavsum uchun transfer oynalari sanalariga oydinlik kiritdi hamda ma’lumot FIFA so‘roviga ko‘ra bosh tashkilotga yuborildi. 

Pandemiya sabab 2020 yilgi mavsum yakunlanishi dekabr oyining uchinchi o‘n kunligiga qadar cho‘zilishi katta ehtimol. Shundan kelib chiqib, qishki transfer oynasi avvalgi ikki mavsumda bo‘lgani kabi 17 dekabr kuni emas, balki 4 yanvar sanasida ochiladi. Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan klublar o‘z futbolchilarini bunga qadar ham ro‘yxatdan o‘tkazib olishlari mumkin bo‘ladi.

4 yanvar kuni ochiladigan transfer oynasi 12 mart sanasiga qadar davom etadi. 12 mart kuni soat 23:59 ga qadar shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Yozgi transfer oynasi esa 5 iyul sanasidan start olib, 31 iyulga qadar davom etadi. 

2021 yilgi mavsum starti haqida keyinroq axborot beriladi. Bunda O‘zPFL katta ehtimol bilan fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan U-19 Osiyo chempionati bellashuvlarini inobatga oladi.

mib
cola
apex
bmb