Pro liganing 7-turga qadar bo‘lgan taqvimi tasdiqlandi

UzReport Pro liga uchrashuvlarini translyatsiya qilayotganidan xabaringiz bor.

Kecha — 4-sentyabr kuni O‘zPFL UzReport bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda musobaqaning navbatdagi tur o‘yinlarini translyatsiya qilish uchun taqvim ishlab chiqildi va qaysi o‘yinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xabaringiz bor, UzReport Yevropaning kuchli beshlikka kiruvchi chempionatlari uchrashuvlarini ham translyatsiya qilish huquqiga ega. Shundan kelib chiqib, Pro liga taqvimi kuchli beshlik chempionatlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi masalasi muhokama qilindi.

Ta’kidlash lozim, hozirda Angliya, Italiya va Ispaniya kabi ligalarda ham pandemiya sabab taqvim to‘liq shakllanmagan va ularda ham taqvim bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuzaga kelishi hisobga olingan. Shuningdek, ushbu chempionatlardagi markaziy o‘yinlar boshlanish vaqtlari tasdiqlangach, Pro liga o‘yinlar boshlanish vaqtlari shunga qarab belgilanadi. Deylik, Angliya chempionatidagi markaziy o‘yinlaridan biriga Pro liga uchrashuvi vaqti to‘g‘ri kelsa, u holda O‘zPFL UzReport bilan kelishgan holda Pro ligadagi o‘yin vaqtini o‘zgartiradi.

Hozircha, UzReport bilan kelishgan holda navbatdagi 3 ta tur o‘yinlari vaqti aniq. Undagi qaysi o‘yinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatilishi quyida ko‘rsatilgan.

5-tur

6-sentyabr, yakshanba

17:15 SHO‘RTAN — XORAZM | Jonli efir

7-sentyabr, dushanba

16:15 ZOMIN — TURON | Jonli efir

17:00 OQTEPA — DINAMO 

9-sentyabr, seshanba

16:30 ISTIQLOL — NEFTCHI | Jonli efir

6-tur

13-sentyabr, yakshanba

16:00 OQTEPA — SHO‘RTAN | Jonli efir

14-sentyabr, dushanba 

17:00 DINAMO — TURON | Jonli efir

15-sentyabr, seshanba

16:15 NEFTCHI — ZOMIN

17:00 XORAZM — ISTIQLOL 

7-tur

18-sentyabr, juma 

17:00 SHO‘RTAN — DINAMO | Jonli efir

19-sentyabr, shanba

16:15 ZOMIN — XORAZM

20-sentyabr, yakshanba

16:15 ISTIQLOL — OQTEPA 

21-sentyabr, dushanba

16:15 TURON — NEFTCHI.

mib
cola
apex
bmb