Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha nafar rasmiylarga nisbatan intizom sanktsiyalari qo‘llanildi.

U-21 Birinchiligi 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor U-21” – “Mash’al U-21” uchrashuvida “Navbahor U-21” jamoasi O‘zPFL Musobaqalar o‘tkaz ish reglamenti 8.18 bandiga zid ravishda avvaldan belgilangan forma ranglarini O‘zPFL yoki komissarga hech qanday birdirgisiz almashtirgani uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.34-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Kelgusida bu kabi holatlar takrorlansa klub yanada qat’iy intizom choralari qo‘llanishi to‘g‘risida ogoxlantirildi.

U-21 Birinchiligi 12-turidan o‘rin olgan “Surxon U-21” – “Metallurg U-21” jamoalari uchrashuvida “Surxon U-21” murabbiyi Mansur Norto‘raev o‘yin oldidan PZR va IgG testlarini topshirmasdan, jamoa bilan stadionda harakatlangani va bu bilan u COVID-19 pandemiyasi davrida Musobaqalar va mashg‘ulotlarni tashkil etish Reglamentining 2.2.1 va 3.2.1-bandlari talablarini buzgani uchun unga nisbatan  ikkita o‘yinga chetlashtirish  intizom chorasi qo‘llanildi.

mib
cola
apex
bmb