“Bunyodkor”ning ikki rasmiy vakiliga nisbatan chora ko‘rildi

Coca Cola Superliga 9-turidagi qoldirilgan “Buxoro” – “Bunyodkor” (1:1) uchrashuvida “Bunyodkor” klubining ikki rasmiy vakiliga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi. 

“Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Marat Miftaxuddinov PZR testini topshirmasdan jamoa bilan bir avtobusda harakatlangani aniqlanib, COVID-19 pandemiyasi davrida Musobaqalar va mashg‘ulotlarni tashkil etish Reglamentining 2.2.1 va 3.2.1 bandlarini buzani uchun Marat Miftaxutdinov ikki uchrashuvga chetlashtirildi.  

“Bunyodkor” futbol klubi massajchisi Rodion Sarichev PZR testini topshirmasdan jamoa bilan bir avtobusda harakatlangani, ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, futbolchilarning kiyim almashtirish xonasiga kirgani, omma oldida o‘zini tutish qoidalariga rioya qilmagani aniqlanib, bu bilan COVID-19 pandemiyasi davrida Musobaqalar va mashg‘ulotlarni tashkil etish Reglamentining 3.2.1-bandi hamda Intizom kodeksining 5.6 bandi talablarini buzani uchun Rodion Sarichev uch o‘yinga chetlashtirildi.

mib
cola
apex
bmb